Qo'ng'rioq
qilish
Заказать звонок

Ваше имя (обязательно)

Ваш тел-номер (обязательно)

Сообщение

Kompaniya haqida
Biz – «Anis Poligraf» kompaniyasi–15 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqdamiz. Biz – yuqori sifatdagi, qulay narx va eng qisqa muddatlarda karton va gofrlangan qadoqni ishlab chiqarish bo’yicha mutaxassislarmiz. Bizda ishlab chiqarilgan qadoqlar oziq-ovqat, konditer mahsulotlari, mebel, alkogol, kimyo, asbobsozlik va ko’pgina boshqa mahsulotlar uchun qo’llaniladi. E’tibor bering: biz qadoqni faqat o’zimizda ishlab chiqaramiz, shuning uchun bizning holatimizda savdo ustama qiymati eng kam miqdorda qo’yilgan. Biz yuqori sifatdagi gofrlangan qadoqni ishlab chiqaramiz. Bizning gofrkarton qadoqlarimiz nafaqat Sizning mahsulotingizni tashish vaqtida ishonchli himoya qiladi, balki iste’molchiga mahsulotni do’kon pesh taxtalarida chiroyli tarzda ko’rsatadi. Qadoqning butun hayotiy davrida, xom-ashyoning kelib chiqishidan, to mahsulotni zavod yoki do’kongayetkazilganiga qadar, «Anis Poligraf» kompaniyasi xodimlari barqaror rivojlanish tamoyillariga mumkin qadar rioya qilinishini kafolatlaydi. Sizning bu borada tashvishlanishingizga o’rin yo’q. Biz sifatning yuqori standartlariga muvofiq bo’lishga va qadoq bo’yicha qulay echimlarni taqdim etishga intilamiz. Bizning tushunishimizcha, bu nafaqat har qanday turdagi mahsulotni yetkazish, balki barcha zarur axborot va xizmatlarni taqdim etish, o’ziga qulay mahsulot va texnologiyalarni tanlashni anglatadi. Bizga qo’ng’iroq qiling yoki yozing: biz hamkorlik uchun ochiqmiz! Biz qutilarni faqat o’zimizning uskunalarda loyihalaymiz va ishlab chiqaramiz. Bu bizga mahsulotimizga bo’lgan narxni ancha pasaytirish va asl qadoqni yaratishning barcha jarayonini diqqat bilan nazorat qilishga imkon beradi. Bizning kompaniyamiz qadoq materiallari sohasidagi yangiliklarni diqqat bilan kuzatib bormoqda, va shu tufayli, biz faqat barcha ekologik va iqtisodiy talablarga javob beruchi, dizaynerlik g’oyalariga zid bo’lmagan va foydalanish uchun qulay bo’lgan xomashyodan foydalanamiz. Hozirgi kunda, bizning mahsulotimizdagi asosiy xomashyo sifatida mikrogofrokarton va qadoq kartoni hisoblanadi . Ushbu materiallardan qutilarni ishlab chiqarish, uni mustahkam, yengil, chiroyli va eng muhimi, ham biz uchun, ham bizning mijozlarimiz uchun moliyaviy tomondan foydali qiladi. Biz bilan va Siz uchun faqat yuqori malakali mutaxassislar ishlashadi. Ular dadil yechimlar va og’ir vazifalardan cho’chishmaydi, ishtiyoq bilan yangi g’oyalar va buyurtmachining istaklarini hayotga joriy qilishadi. Biz uchun sifat va tashqi ko’rinish juda muhim, chunki biz ishlab chiqarayotgan qadoq Sizning mahsulotingizning yuzi va ishimizning namunasi bo’lib hisoblanadi. MChJ «Anis Pro Product»ning qulay narx siyosati tufayli, bizning mijozlarimiz nafaqat sifatdan, balki qadoq mahsulotimizning narxidan ham mamnunlar.
Manzil
Manzil